Pulse 1C

Pulse 1C dan foydalanish shartlari

Tahrir sanasi 12.10.2026

Xizmat operatori: Pulse 1C jamoasi (pulse1c.uz). Pulse 1C dan foydalanib, siz ushbu shartlarni qabul qilasiz. Savollar: info@pulse1c.uz.

Pulse nima qiladi

Pulse 1C bazangiz boʻyicha hisobotlarni koʻrsatadi va u haqidagi savollarga javob beradi. U faqat oʻqiydi: 1C bazasini oʻzgartirmaydi, EHA va portallarda hujjatlarni imzolamaydi va yubormaydi.

Majburiyatlaringiz

  • faqat maʼlumotlariga kirish huquqingiz bor bazalarni ulash va faqat ruxsat etilgan kishilarga kirish huquqini berish;
  • baza kodi, bulutli baza kirish kodi, akkaunt paroli va ERI kalitini sir saqlash: baza kodini bilgan kishi uni ocha oladi;
  • boshqalarning bazalariga kirishga urinmaslik va xizmatni ataylab yuklamaslik.

Aniqlik

Pulse raqamlari 1C maʼlumotlaringiz asosida hisoblanadi, yordamchining javoblarida esa xatolar boʻlishi mumkin. Qaror va hisobotlardan oldin raqamlarni 1C ning oʻzi bilan solishtiring.

Mavjudlik

Xizmat uzluksiz ishlashi uchun harakat qilamiz, lekin buni kafolatlamaymiz: yangilanishlar, PulseBridge oʻrnatilgan kompyuter bilan aloqa uzilishi, bulutli 1C yoki portallarning ishlamay qolishi boʻladi.

Tugatish

Akkauntni istalgan vaqtda oʻchirishingiz mumkin (https://pulse1c.uz/account-deletion/). Ushbu shartlar buzilsa, kirishni yopishimiz mumkin.

Maʼlumotlar

Maʼlumotlar qanday qayta ishlanishi — maxfiylik siyosatida: https://pulse1c.uz/privacy/.